KO‘P FUNKSIYALI GELIOTEXNIK QURILMASI KAMERASI DEVORLARI ORQALI ISSIQLIK YO‘QOTILISH HISOBI UO‘K: 662.997

TO'LIQ MATN:

Referat

Maqolada quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tuxum inkubatorining issiqlik talabi oʻrganib chiqilgan. Bunda quyidagilar amalga oshirildi: barqaror namlik va harorat holati, inkubator materiallari doimiy issiqlik oʻtkazuvchanligiga ega tizimligi aniqlandi. Qurilma quyosh paneli va kollektori bilan jihozlangan boʻlib, yilning istalgan davrida, ayniqsa markazlashgan energiya taʼminotidan uzoqda joylashgan qishloq hududlarida keng foydalanish mumkinligi tajribalar davomida isbotlandi. Inkubatorning dizayni haqida gap ketganda, talab qilinadigan va uzatiladigan issiqlik muhim ahamiyatga ega. Inkubatordagi harorat va nisbiy namlik yetkazib beriladigan issiqlik va shamollatish darajasiga bogʻliq. Yetarli issiqlik taʼminoti va shamollatish havo aylanishini va issiqlik oʻtkazuvchanligini oshiradi.
Tizimda uzluksiz issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlanadi, qurilmaning inkubatsiya sifatida isitish, ventilyatsiya va sovutish tizimida anʼanaviy to‘liq elektr energiyada ishlaydigan lampali yoki elektr isitgichli inkubatorlarga nisbatan 1,5-2,0 martagacha elektr energiyani tejashi, foydali ish koeffitsiyenti 95% ekanligi aniqlandi. Qurilmani joriy etish natijasida mahsulot tannarxi muqobil energiya manbalari hisobiga 30-40%ga kamaytirildi. Qo‘shimcha ravishda dorivor o‘simliklarni quritish, sifati tez buziladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini vaqtinchalik saqlash imkonini beradi.
Ilmiy-texnik materiallar va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish asosida ko‘p funksiyali geliotexnik qurilmasining sxemasi va devorlari orqali issiqlik yo‘qotilishlari asoslandi.
Taklif etilayotgan quyosh energiyasi bilan ishlaydigan ko‘p funksiyali geliotexnik qurilmaning inkubatsiya rejimida samarali inkubatsiya qilish imkoniyatiga ega ekanligi aniqlandi. O‘rnatilgan inkubatorning ichki muhiti natijalari tabiiy tuxum inkubatsiyasi talab qiladigan natijalarga yaqin ekanligi aniqlandi. Parrandachilik sanoatida tizimdan foydalanish elektr energiyasi bilan ta’minlash muammosini bartaraf etadi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017-2021 yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3012 sonli qarori. // www.lex.uz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-57 sonli qarori. // www.lex.uz

Uj, Etoamaihe & Paul, Tosin. (2023). Development of a Charcoal-Heated Egg Incubator for Family Poultry Farming. Open Access Journal of Agricultural Research. 8. 10.23880/oajar-16000342.

Ahiaba, U. N.; Theresa U.V.; and Obetta S.E. (2015). Development and Evaluation of a Passive Solar System for Poultry Egg Incubation. International Journal of Engineering Research and General Science Vol. 3: 748-760.

Abulasan Kabaradin. Development and Performance Evaluation of Home-Made Electric and Kerosene Lump Egg Incubator ко В.В. – International Journal of Precision Farming Volume 1 Issue 1, Year 2023

Atif A. H., Sayda A. M., ElBeeli M.Y.M., Elfadil, A. A. and Fawgia E. S. (2015). Effect of Using Different Pre-Storage Warming Times on Hatchability of White Hisex Breeders’ Eggs. International Journal of Veterinary Sciences Research, Vol. 1(3): 54-62.

Bashir M.A., Ali H.M., Khalil S., Ali M. and Siddiqui A.M. (2014). Comparison of Performance Measurements of Photovoltaic Modules during Winter Months in Taxila, Pakistan. International Journal of Photoenergy.

Инкубация яиц: Справочник Буртов Ю.З., Гольдин Б.Е., Кривошипин И.П. - М.: Агропромиздат, 1990.

Bell, D.D. and Weaver, W.D. (2002). Commercial Chicken Meat and Egg Production. Springer Science and Business Media.

Основы теории и расчета инкубаторов. /Лев А.М. – М.: Машиностроение, 1972.

Uzakov G.N., Khamraev S.I., Khuzhakulov S.M. Rural house heat supply system based on solar energy // IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering 1030 (2021) 012167 IOP Publishing doi:10.1088/1757-899X/1030/1/012167

Khamraev S.I, Ibragimov U.Kh KamolovB.I. Removal of hydrodynamic lesions of a heated floor with a solar collector// APEC-V-2022 IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 1070(2022) 012018 IOP Publishing doi:10.1088/1755-1315/1070/1/012018.

Кириллин В.А., Сычев В.В., Шейндлин А.Е. Техническая термодинамика. - М.: Энергоатомиздат, 1983. - 416 с.

Chineke, T.C. and Igwiro, E.C. (2008). Urban and rural electrification: enhancing the energy sector in Nigeria using photovoltaic technology. African Jour Science and Tech Vol. 9, No. 1, pp. 102 – 108.

Clauer P.J. (2009). Incubating Eggs. Poultry Extension Specialist, Animal and Poultry Sciences, Virginia State University.

Алексеев Ф.Ф. Промышленное птицеводство. - М. Агропромиздат, 1991.

Буртов Ю.З. Динамика температуры воздуха в промышленных инкубаторах.- Сб. трудов ВНИТИП, вып. 54, 1982.

County A., (2016). Poultry. Indiana Counties and U.S. Department of Agriculture Cooperating, Purdue University.

Еременко С.В. Система управления инкубатором.- Авт. свид. № 1644850 М. Бюл. №16, 1991.

http://seveks.ru/Matemat_model.htm

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Quziyev , O. (2024). KO‘P FUNKSIYALI GELIOTEXNIK QURILMASI KAMERASI DEVORLARI ORQALI ISSIQLIK YO‘QOTILISH HISOBI: UO‘K: 662.997. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, 55(3), 58–56. Retrieved from https://innotex-journal.uz/index.php/journal/article/view/18
Ko'rishlar soni: 0