QUYOSH HAVO KOLLEKTORLI VA ISSIQLIK NASOSLI KOMBINATSIYALASHGAN SOVITISH-QURITISH KAMERASINING PARAMETRLARINI ASOSLASH UOʻK:662 997. 631.344

TO'LIQ MATN:

Referat

Jahonda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini quritish, sovitish va saqlash maqsadida quyosh havo kollektori va issiqlik nasoslari asosida kombinatsiyalashgan sovitish va quritish kameralarining texnologik sxemalarini ishlab chiqishga yoʻnaltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yoʻnalishda, jumladan, quyosh energiyasi asosida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini quritish, sovitish va saqlash texnologiyalari hamda tizimlarining issiqlik-texnik parametrlarini optimallashtirish, issiqlik va massa almashinuv jarayonlarini tadqiq qilish, qishloq xoʻjalik mahsulotlarini quritish, sovitish va saqlashda foydalanilayotgan qurilmalarning energiya samaradorligini oshirishda quyosh havo kollektori va issiqlik nasoslaridan foydalanish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlar ustuvor hisoblanadi. Shu bilan birga, hozirgi vaqtda qishloq xoʻjalik mahsulotlarini quritish, sovitish va saqlash kameralarining  energiya samaradorligini oshirish, quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli kombinatsiyalashgan sovitish-quritish kameralarini ishlab chiqish hamda ularning issiqlik-texnik parametrlarini ilmiy asoslash dolzarb vazifa hisoblanadi.


Quyosh havo kollektorining harorat rejimi va issiqlik samaradorligini hisoblash quyidagi usul yordamida amalga oshirildi. quyosh havo kollektori yuzasiga tushgan umumiy radiatsiya, quyosh havo kollektoridagi havo tomonidan olingan foydali issiqlik va quyosh havo kollektoridan umumiy issiqlik yoʻqotilishi bilan bogʻliq.


Quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli qurilmalari asosida ishlaydigan kombinatsiyalashgan sovutish quritish kamerasining issiqlik sxemasi ishlab chiqildi va bu sxema asosida qurilmaning texnologik sxemasi ishlab chiqildi.


Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini energiya tejamkor quritish va uzoq muddat saqlash uchun quyosh havo kollektorli va issiqlik nasosli kombinatsiyalashgan sovutish quritish kamerasining prinsipial sxemasi ishlab chiqildi va asosiy issiqlik-texnik parametrlari asoslandi..

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Fudholi A., Sopian K., A Review of solar air flat plate collector for drying application, Renew. Sustain. Energy Rev. 102 (2019) 333-345.

https://uza.uz/ru/posts/sushka-selskokhozyaystvennykh-produktov-s-ispolzovaniem-soln-10-11-2015.

Prasertsan S., Saen-saby P., Heat pump drying of agricultural materials, Dry. Technol. 16 (1998) 235-250.

Jangamand S.V., Mujumdar A.S. “Heat pump assisted drying technology-overview with focus on energy, environment and product quality in Modern Drying Technology”: Energy Savings, Volume 4: Energy Savings, chapter 4, pp. 121-162, Wiley-VCH, 2011

Onwude D.I., Hashim N., Janius R.B., Nawi N.M., Abdan K. Modeling the thin-layer drying of fruits and vegetables: a review. Compr. Rev Food Sci. Food Saf. (2016) 15(3):599-618.

Rene Tchinda. A review of the mathematical models for predicting solar air heaters systems, Renewable and Sustainable Energy Reviews 13 (2009) 1734-1759.

Qodirov J.R. Оʼriklarni quritish uchun mоʼljallangan tabiiy konveksiya va havo kollektorli bilvosita quyosh quritgich qurilmasi: PhD dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi, QarMII, 2023.– 49 b.

Nazarova N.M. Muqobil energiya manbalarini qоʼllab, retsirkul yatsiyali meva quritgichini ishlab chiqish va tadqiq qilish: PhD dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi, QarMII, 2023. – 47 b.

Uwitije P.D., Hantoro R., Nasri M.Y., Nugroho G. Study and Simulation of A Solar System for Drying Purpose in Rwanda. IOP Conf. Series: Materials Science and Engineering 462 (2019) 012001.

Chemkhi S., Sechage dʼun milieu deformable non sature: Modelisation du couplage hygro mecanique. Sciences de lʼingenieur [PhD of physics, Univ. Bordx. 1 (2008). France, https://pastel.archives-ouvertes.fr/pastel-00004690/ document. (Accessed 21 April 2021).

Jaluria Y. Natural convection, chap 7 (525-571), https://silo.tips/download/natural-convection-chapter-introduction, 2021. (Accessed 13 May 2021).

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Rоʼziqulov G. Y. (2025). QUYOSH HAVO KOLLEKTORLI VA ISSIQLIK NASOSLI KOMBINATSIYALASHGAN SOVITISH-QURITISH KAMERASINING PARAMETRLARINI ASOSLASH : UOʻK:662 997. 631.344. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, 56(4), 107–115. Retrieved from https://innotex-journal.uz/index.php/journal/article/view/101
Ko'rishlar soni: 2