NASOS STANSIYALARINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI UOʻK: 621.867.2

TO'LIQ MATN:

Referat

Maqolada nasos stansiyalarining energiya samaradorligini oshirish usullari koʻrib chiqilgan, bu esa ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish va energiya isteʼmolini qisqartirish maqsadida amalga oshiriladi. Uskunalarni modernizatsiya qilishga, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini joriy etishga va nasoslarning ishlashini turli konstruktiv, texnologik va elektr parametrlariga qarab tartibga solishga alohida eʼtibor qaratilgan. Energiyani yoʻqotishlarni minimallashtirishga yordam beradigan va nasos tizimlarining barqarorligi hamda ishonchliligini taʼminlaydigan ilgʻor texnologiyalar misollari keltirilgan.


Nasos stansiyalarning energiya isteʼmoli holati tahlil qilingan, ularining konstruktiv xususiyatlariga va ishlashiga qarab energiya tejashning sezilarli zaxiralari borligi koʻrsatib oʻtilgan. Bundan tashqari nasos stansiyasining ish rejimlari, suvni isteʼmol qilish jadvali va nasos stansiyasining agregatalari tomonidan koʻtarib beriladigan suvning xaqiqiy hajmi oʻrtasidagi tafovut borligi koʻrsatilgan.


Nasos stansiyalarining ish rejimlari tahlil qilingan va nasos stansiyasi isteʼmoli va unumdorligini suv taʼminoti hajmlari bilan moslashtirish masalasini hal qilish uchun istiqbolli usullar taklif etilgan, shuningdek, “dvigatel-nasos” tizimi ish rejimlarini takomillashtirish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Nasos stansiyasi ish rejimlarini tahlil qilishda konstruktiv, texnologik va energetik parametrlar hisobga olindi. Nasos tizimlarini samarali boshqarish uchun texnologik va elektr parametrlarini oʻzgartirish talab etiladi. Nasos tizimlari elektr yuritmalarini chastotali boshqarish algoritmlari energiya isteʼmolini 10-17%ga kamaytirib, suv taqsimotining aniqligini 15%ga oshirishi mumkin. Ushbu yondashuv energetik va suv resurslaridan barqaror va samarali foydalanishga yordam beradi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi Farmoni.

Аллаев K.R., Хошимов Ф.А. Энергосбережение на промышленных предприятиях. – Т.: «Фан» АН РУз., 2011. – 208 с.

Камалов T.С. Частотно регулируемый электропривод насосных станций машинного орошения. – Т.: Fan, 2014. – 368 с.

Камалов T.С., Шавазов A.A., Сайфуллаева Л.И. Вопросы пуска и регулирование производительности насосного агрегата насосных станций систем машинного орошения // Энергосбережение и водоподготовка. – Москва, 2019. №3 (119), С. 51-54. (05.00.00; №97).

Лезнов Б.С. Энергосбережение и регулируемый привод в насосных установках. – М.: ИК «Ягорба-биоинформсервис», 1998. – 381 с.

Шавазов A.A., Ишанова Д. А. // Математические модели и передаточные функции частотно-управляемого асинхронного двигателя // Volume-08 Oct. — 2022 Website: www.ejird.journalspark.org ISSN (E): 2720-5746

Ishnazarov O., A. Shavazov D. Ishanova. // Closed Frequency Control System of Asynchronous Motor in Irrigation Pump. // Pioneer: Journal of Advanced Research and Scientific Progress (JARSP) Volume: 01 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2751-7551.

A Isakov, A Shavazov and A Elmuratova. Management efficiency of pumping aggregates through frequency converter. IOP Conf. Series: Earth and Environmental Science 1076 (2022) 012050 AEGIS-2022.

Shavazov A.A., Eshquziev Kh.M. Interconnected systems of pumping stations with asynchronous frequency electric drives. Scientific-technical journal STJ FerPI, 2023, Т.27. Special editions №15

V. K. A. Shankar [et al.] A comprehensive review on energy efficiency enhancement initiatives in centrifugal pumping system / // Applied Energy. – 2016. – Vol. 181. – P. 495–513

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Shavazov , A. A., Eshqoʻziyev , X. M., & Ishanova , D. A. (2025). NASOS STANSIYALARINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI: UOʻK: 621.867.2. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, 56(4), 99–106. Retrieved from https://innotex-journal.uz/index.php/journal/article/view/100
Ko'rishlar soni: 1