Oripova, S., Akramov, B. and Adizov, B. (2024) “SUYUQLIKNI OLIB CHIQARISH SHARTLARINI TA’MINLASH UCHUN LIFT KOLONNASINING TUSHISH CHUQURLIGI VA DIAMETRINI TANLASH: Bugungi kunda dunyoda qazib olinishi qiyin bo‘lgan tabiiy gaz zahiralarining ortib borishi, mahsuldor qatlamlarning suvlanishi natijasida o‘z-o‘zidan quduqlar debitining pasayib borish holatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishda quduq tubida suyuqlik yigʻilishi sodir bo‘ladi. Quduq tubida suyuqlik yigʻilishining sababi gaz oqimining to‘liq olib tashlash uchun yetarli emasligidir. Ushbu maqolada Schlumberger kompaniyasining PIPESIM dasturiy paketidan foydalangan holda gaz va gazkondensat konlarini ishlatishning asosiy muammosi, quduq tubida qatlam va kondensatsiya suyuqligi yig‘ilmasdan barqaror ishlashni ta’minlaydigan quduqning texnologik ish rejimini aniqlash yechimi ko‘rib chiqildi. Alan konidagi 118-sonli quduqda gaz tarkibini aniqlash va barqaror holatdagi sizilish rejimlari bo‘yicha gaz-gidrodinamik tadqiqotlar natijalari asosida quduqning ish rejimlarini hisoblash uchun vertikal gaz qudug‘ining turli diametrli quvurlari maketi qurildi. Suyuqlikni olib tashlash shartlarini ta’minlash uchun lift kolonnasining tushish chuqurligi va diametrini tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. PIPESIM dasturiy ta’minoti asosida lift kolonnasi diametri 60 mm yoki undan kam bo‘lishi ilmiy asoslanib koʻrsatildi”., INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, 1(1), pp. 7–16. Available at: https://innotex-journal.uz/index.php/journal/article/view/8 (Accessed: 22 December 2024).