SUYUQLIKNI OLIB CHIQARISH SHARTLARINI TA’MINLASH UCHUN LIFT KOLONNASINING TUSHISH CHUQURLIGI VA DIAMETRINI TANLASH Bugungi kunda dunyoda qazib olinishi qiyin bo‘lgan tabiiy gaz zahiralarining ortib borishi, mahsuldor qatlamlarning suvlanishi natijasida o‘z-o‘zidan quduqlar debitining pasayib borish holatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishda quduq tubida suyuqlik yigʻilishi sodir bo‘ladi. Quduq tubida suyuqlik yigʻilishining sababi gaz oqimining to‘liq olib tashlash uchun yetarli emasligidir. Ushbu maqolada Schlumberger kompaniyasining PIPESIM dasturiy paketidan foydalangan holda gaz va gazkondensat konlarini ishlatishning asosiy muammosi, quduq tubida qatlam va kondensatsiya suyuqligi yig‘ilmasdan barqaror ishlashni ta’minlaydigan quduqning texnologik ish rejimini aniqlash yechimi ko‘rib chiqildi. Alan konidagi 118-sonli quduqda gaz tarkibini aniqlash va barqaror holatdagi sizilish rejimlari bo‘yicha gaz-gidrodinamik tadqiqotlar natijalari asosida quduqning ish rejimlarini hisoblash uchun vertikal gaz qudug‘ining turli diametrli quvurlari maketi qurildi. Suyuqlikni olib tashlash shartlarini ta’minlash uchun lift kolonnasining tushish chuqurligi va diametrini tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. PIPESIM dasturiy ta’minoti asosida lift kolonnasi diametri 60 mm yoki undan kam bo‘lishi ilmiy asoslanib koʻrsatildi.

TO'LIQ MATN:

Referat

Shunday qilib, Schlumberger kompaniyasining PIPESIM dasturiy paketidan foydalanib, gaz va gazkondensat konlarini ishlatishning asosiy muammosi quduq tubida qatlam va kondensatsiya suyuqligi yig‘ilmasdan barqaror ishlashni ta’minlaydigan quduqning texnologik ish rejimini aniqlash yechimi ko‘rib chiqildi. Quduq tubidan suyuqlikni chiqarib yuborish uchun ko‘rib chiqilayotgan Alan konidagi 118-sonli quduqda uchun optimal rejimlar lift kolonnasini perforatsiya oralig‘ining o‘rtasiga tushirish bilan bir qatorda eng kichik, ya’ni 60 mm yoki undan kam standart o‘lchamlarga ega boʻladi. Konsentrik lift kolonnasi yordamida quduqlarni ishlatish texnologiyasini joriy etish uchun maqbul quduqlarni tanlash metodologiyasi tanlab olindi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Ли Дж., Никенс. Г., Уэллс М. (2008). Эксплуатация обводняющихся газовых скважин. Технологические решения по удалению жидкости из скважин /Перевод с английского. Москва: ООО Премиум Инжиниринг. 384 с.

Тен. В.В. (2020). Причины обводнения газовых скважин и их методы их устранения. II International scientific conference., (pp. 67-69.). Москва.

Орипова Ш., Ходжамуратов С., Адизов Б. (2022.). Проблемы при эксплуатации газовых и газоконденсатных скважин. Всероссийская научно-практическая конференция Диск-2022., Часть 6., С. 122-126. Москва.

Билянский К.Б. (2020). Борьба с обводнением скважин. Молодой учёный. № 7 (297), С. 16-18.

Гасумов Э.Р. (2020). Прогнозирование времени обводнения и самозадавливания газовых скважин (на примере сеноманской залежи). Евразийский Союз Ученых. №8(77)., С. 19-22.

Цыганков М.С. (2018). Эксплуатация обводняющихся газовых скважин на месторождении. Международный студенческий научный вестник: –№2., С. 111-118.

Фык И.М., Хрипко Е.И. (2015). Основы разработки и эксплуатации нефтяных и газовых месторождений: учебник. Харьков: Фолио. – 301 с.

Орипова Ш.К., Адизов Б.З., Акрамов Б.Ш. (2023). Способы эксплуатации скважин на завершающей стадии разработки газовых и газоконденсатных месторождений. O‘zMU xabarlari №3/1/1., 269-272 b.

Паникаровский Е.В., Паникаровский В.В. (2017). Методы поддержания проектных уровней добычи газа на заключительной стадии разработки месторождений. Нефть и газ. № 4, С. 80-83.

Орипова, Ш. К. (2022). Удаление жидкости из газовых скважин. Journal of Integrated Education and Research, 1(4),, 283-288.

Орипова, Ш., & Адизов, Б. (2023). Технологические и технико-экономические показатели доразработки газовых и газоконденсатных месторождений. Journal of Experimental Studies, 1(3),, 1-7.

Oripova Shahlo, Adizov Bobirjon, Akramov Baxshillo, & Umurzakov Azizbek. (2023). Construction of a three-dimensional geological and geophysical model of the alan field. Universum: технические науки, (3-5 (108)), 59-63.

Oripova Sh.K., Аkramov B.Sh., Аdizov B.Z. (2024). O‘zbekiston Respublikasi gaz va gazkondensat konlari quduqlarining o‘z-o‘zidan tiqilishi natijasida yo‘qotilayotgan tabiiy gaz miqdori. Zamonaviy taʼlimda fan va innovatsion tadqiqotlar №2/11., 4-18 b.

Орипова Ш.К. Акрамов Б.Ш., Адизов Б.З. (2024). Применение разработанных твердых пенообразователей для удаления жидкости из забоя газовых и газоконденсатных скважин. Innovatsion texnologiyalar Ilmiy-texnik jurnal 1(53)-son, 7-14 b.

Oripova S., Adizov B., Akramov B., & Umurzakov A. (2023). Analysis of the results of gas hydrodynamic studies of wells at Alan gas condensate fields. Universum: технические науки, (4-8 (109)), 38-40.

Oripova, S. ., Xojamuratov , S. ., Adizov , B. ., & Akramov , B. . (2022). Innovative technique and technology for the reconstruction of gas wells without damping them with their subsequent operation in concentric lift columns. Евразийский журнал академических исследований, 2(13), 249-252. https://in-academy.uz/index.php/ejar/article/view/7122

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Oripova, S., Akramov, B., & Adizov, B. (2024). SUYUQLIKNI OLIB CHIQARISH SHARTLARINI TA’MINLASH UCHUN LIFT KOLONNASINING TUSHISH CHUQURLIGI VA DIAMETRINI TANLASH: Bugungi kunda dunyoda qazib olinishi qiyin bo‘lgan tabiiy gaz zahiralarining ortib borishi, mahsuldor qatlamlarning suvlanishi natijasida o‘z-o‘zidan quduqlar debitining pasayib borish holatlari yildan-yilga ortib bormoqda. Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishda quduq tubida suyuqlik yigʻilishi sodir bo‘ladi. Quduq tubida suyuqlik yigʻilishining sababi gaz oqimining to‘liq olib tashlash uchun yetarli emasligidir. Ushbu maqolada Schlumberger kompaniyasining PIPESIM dasturiy paketidan foydalangan holda gaz va gazkondensat konlarini ishlatishning asosiy muammosi, quduq tubida qatlam va kondensatsiya suyuqligi yig‘ilmasdan barqaror ishlashni ta’minlaydigan quduqning texnologik ish rejimini aniqlash yechimi ko‘rib chiqildi. Alan konidagi 118-sonli quduqda gaz tarkibini aniqlash va barqaror holatdagi sizilish rejimlari bo‘yicha gaz-gidrodinamik tadqiqotlar natijalari asosida quduqning ish rejimlarini hisoblash uchun vertikal gaz qudug‘ining turli diametrli quvurlari maketi qurildi. Suyuqlikni olib tashlash shartlarini ta’minlash uchun lift kolonnasining tushish chuqurligi va diametrini tanlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. PIPESIM dasturiy ta’minoti asosida lift kolonnasi diametri 60 mm yoki undan kam bo‘lishi ilmiy asoslanib koʻrsatildi. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, 1(1), 7–16. Retrieved from https://innotex-journal.uz/index.php/journal/article/view/8
Ko'rishlar soni: 0