QUYOSH FOTOPANELLARINING SAMARADORLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLARNI TADQIQ QILISH UOʻK 621.311

TO'LIQ MATN:

Referat

Energetika xavfsizligi va ekologik muammolarni barqarorlashtirishda quyosh fotoelektr qurilmalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kontinental oʻzgaruvchan iqlim sharoitlarida quyosh fotoelektr qurilmalarning samaradorligiga taʼsir qiluvchi omillarni ilmiy asoslashga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston iqlim sharoitlarida quyosh fotoelektr qurilmalaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash va ularning samaradorligini oshirish dolzarb ilmiy-texnik masalalardan hisoblanadi.
Quyosh fotoelektr qurilmalari samaradorligining quyosh radiatsiyasi, tashqi harorat, shamol tezligi va quyosh panellari sirtining changlanganlik miqdoriga bogʻliqlik matematik modellari keltirilgan. Modellashtirish Matlab/Simulink tizimida amalga oshirilgan.
Tashqi harorat 25 oC va quyosh radiatsiyasi 1000 W/m2 boʻlganda fotopanelning quvvati maksimal 200 W ga, agar harorat 75 oC boʻlganda taxminan chiqish quvvati 110 W ga teng boʻlishi oʻrganilgan. Oʻtkazilgan tajribalar quyosh fotopanellari sirtining changlanganlik miqdori taxminan 0,1 gr/m2 boʻlganda qurilmaning foydali ish koeffitsiyenti maksimal 16 %, agar 80 gr/m2 boʻlganda qurilmaning samaradorligi 4% gacha pasayishini koʻrsatdi. Shamol tezligi juda kichik boʻlganda quyosh fotopanellarining harorati 72 oC, shamol tezligi 25 m/s boʻlganda harorat pasayishi 48 oC boʻlishi aniqlangan.
Oʻzgaruvchan iqlim sharoitlarida quyosh panellari sirtini changdan tozalash va qizishdan saqlash orqali quyosh fotoelektrik qurilmalarning energiya samaradorligini 20…30% gacha oshirish imkoniga ega boʻlishi asoslangan.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

https://www.irena.org//media/Files/IRENA/Agency/Publication/2021/Jun/IRENA_ World_Energy_Transitions_Outlook_Summary_2021_RU.pdf

Uzoqov G‘.N., Xo‘jaqulov S.M., Uzoqova Yu.G‘. Muqobil energiyadan foydalanish asoslari. -T.: “Fan va texnologiya”, 2017, 160 b.

Аллаев К.Р. Современная энергетика и перспективы ее развития. Под общей редакцией академика Салимова А.У. -Т.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2021. 952 стр.

Quyosh energiyasidan foydalanish ko‘rsatgichlari. https://www.iea.org/energy-system/renewables/solar-pv

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 16.02.2023 yildagi PQ-57-son. https://lex.uz/uz/docs/-6385716

G.N.Uzokov, A.B.Safarov. Mathematical Modeling Of Solar Photoelectric Batteries In Matlab/Simulink System. IBAST. Vol.3. Iss.9. 2023. Pp.80-88. https://zenodo.org/records/8347989

Safarov A.B., Uzoqov Gʻ.N. Kombinatsiyalashgan quyosh-shamol energetik qurilmasini modellashtirish. “O‘zbekgidroenergetika” ilmiy-texnik jurnali №2, 2023. 77-81 b.

Safarov A.B., Uzoqov Gʻ.N., Mamedov R.A. Kombinatsiyalashgan quyosh-shamol energetik qurilmasi. Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi (17.08.2023 y. FAP 02323)

D. L. King et.al. Photovoltaic array performance model. Sandia National Laboratories Albuquerque, New Mexico 87185-0752. https://energy.sandia.gov/wp-content/gallery/uploads/SAND-2004_PV-Performance-Array-Model.pdf

Toshmamatov,B., Davlonov,Kh., Rakhmatov, O., Toshboev, A., Rakhmatov, A. Modeling of thermal processes in a solar installation for thermal processing of municipal solid waste AIP Conference Proceedings 2612,050027 2023.

Toshmamatov, B., Davlonov, Kh., Rakhmatov, O., Toshboev, A. Recycling of municipal solid waste using solar energy. IOP Conference Series: Materials Science and Engineering 1030(1),012165 2021.

Autonomous heat-cooling and power supply system based on renewable energy

devices (trigeneration system) A.B.Safarov, O.I.Rakhmatov, and Yu.G.Uzakova BIO Web of Conferences, 02(2023) CIBTA-II-2023 71 030 https://doi.org/10.1051/bioconf/20237102030.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Safarov , A. B., & Raxmatov , O. I. oʻgʻli. (2024). QUYOSH FOTOPANELLARINING SAMARADORLIGIGA TAʼSIR QILUVCHI OMILLARNI TADQIQ QILISH: UOʻK 621.311. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, 54(2), 107–112. Retrieved from https://innotex-journal.uz/index.php/journal/article/view/48
Ko'rishlar soni: 0