SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASIDA IKKILAMCHI ISSIQLIK ENERGIYA RESURSLARI POTENSIALINI HISOBLASH METODIKASI UOʻK 659.658.52

TO'LIQ MATN:

Referat

Gazni qayta ishlash korxonasining energiya samaradorligini oshirish, ikkilamchi energiya resurslari potensialini aniqlash va korxonaning energiya balansida ishlatish boʻyicha texnik yechimlar ishlab chiqish dolzarb masalalar hisoblanadi. Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining energiya balansi tahlili shuni koʻrsatadiki, texnologik jarayonlarda 65% issiqlik energiyasi, 8÷10% elektr energiyasi va 25÷27% gaz sarf qilinadi. Natijada, atrof-muhitni ifloslantiradi va atrof-muhitga muqarrar yoʻqotilishi mumkin boʻlgan ikkilamchi energiya (tutun gazlari, ikkilamchi bugʻlar, oqova suvlar,...) oqimlari yuzaga keladi. Shu sababli, ikkilamchi energiya resurslarini qayta ishlatish, yaʼni utilizatsiya qilish energiya samaradorlikni oshirishni asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Tadqiqot ishining maqsadi gazni qayta ishlash korxonasida ikkilamchi energiya resurslarining miqdori, energetik quvvatini aniqlash, korxonaning umumiy energiya balansida ishlatish imkoniyatlarini baholash hamda qoʻshimcha yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash hamda zaxiralarini asoslashdan iborat.
Maqolada sanoat korxonalari va obyektlarining energiya balansi va termodinamik tahlil usullari hamda issiqlik texnikasining asosiy qonunlari asosida ikkilamchi energiya resurslarining issiqlik quvvati va energiya potensiali aniqlangan. “Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi” (“Shoʻrtan GKM”) MChJ korxonasi misolida ikkilamchi energiya resurslarining potensiali termodinamik tahlil qilingan. Ikkilamchi energiya resurslar(IER)ini utilizatsiya qilish natijasida korxonada katta miqdorda yoqilgʻi-energiya resurslarini tejash imkoniyatlari baholangan. Issiqlik ikkilamchi energiya resurslarini issiqlik quvvatlari hisoblash metodikasi, hisoblash natijalari va IERni tarkibiy diagrammalari keltirilgan.
“Shoʻrtan GKM” MChJ korxonasining IER energiya potensiali tahlili shuni koʻrsatadiki, tutun gazlari bilan atrof-muhitga chiqariladigan issiqlik yuqori 9,0÷10,0 MVt ni tashkil etadi. Dastlabki nazariy tadqiqotlar oqova suvlarning past potensialli issiqligini utilizatsiya qilish natijasida 2,0÷2,7 MVt qoʻshimcha issiqlik energiyasi olish imkoniyati mavjudligi koʻrsatdi.

Mualliflar haqida

Adabiyotlar ro'yxati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi qurilmalarini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-57 sonli qarori.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida” gi PF-60-sonli farmoni.

Вдовина А.А. Проблемы и перспективы инновационного развития мировой газовой промышленности //Научный журнал Российского газового сообщества, 2014. – №1. – с.71-79.

Еременко О.В. Приоритеты инновационного развития и особенности оценки эффективности проектов в газоперерабатывающих и газохимических производствах, Москва – Берлин, 2017, 171 с.

Долотовский И.В. Системный анализ и повышение эффективности энергетического комплекса газоперерабатывающих предприятий //Автореф. на соискание к.т.н., 2008,20с.

Богданов И.А. Повышение энергоэффективности автономных электротехнических комплексов нефтегазовых предприятий с использованием вторичных энергоресурсов //Автореферат на соискание к.т.н., Санкт-Петербург, 2021. -20 с.

Байков И.Р., Молчанов Р.А., Гатауллина А.Р., Кулагина О.В. Предложения по представлению информации о вторичных энергетических ресурсах (ВЭР) в энергетическом паспорте // Теория Нефтегаз. №9. 2013. -с.76-82.

Еременко О.В. Инновационные решения в области повышения энергоэффективности газопереработки // Материалы меж. конференции «Энергетика и энергосбережение: теория и практика», 2017 г. с. 123-124.

Allayev K.R. Zamonaviy energetika va uning rivojlanish istiqbollari. –T.: “Fan texnologiyalar nashriyot –matbaa uyi”, 2021. 952 b.

Таймаров М.А., Ильин В.К., Осипов А.Л., Долгова А.Н., Ахмеров А.В. Теплонасосный комплекс для утилизации вторичных энергоресурсов нефтехимических заводов // Проблемы энергетики, 2016, том 21, №3-4. С. 8-16.

Василев Г.П., Абуев И.М., Горнов В.Ф. Теплонасосная установка, утилизирующая теплоту неочищенных сточных вод // Новости теплоснабжения, №07(155), 2013 г.

Куликов В.М. и др. Методика энергетических обследований предприятий по выявлению и использованию вторичных энергоресурсов Свердловск, 2001 г.

Qanday qilib iqtibos keltirish mumkin

Uzoqov , G. N., Abduraxmanova , N. K., & Tashmamatov, B. M. (2024). SHOʻRTAN GAZ KIMYO MAJMUASIDA IKKILAMCHI ISSIQLIK ENERGIYA RESURSLARI POTENSIALINI HISOBLASH METODIKASI: UOʻK 659.658.52. INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR, 54(2), 54–60. Retrieved from https://innotex-journal.uz/index.php/journal/article/view/41
Ko'rishlar soni: 0