UO‘K 621.31 ELEKTR ENERGIYASI SIFATINI OSHIRISH ORQALI ELEKTR YOYLI PO‘LAT ERITISH PECHLARIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Referat
Ushbu maqolada metallurgiya korxonalariga yetkazib beriladigan elektr energiyasi sifatiga ta’sir etuvchi omillarni yaxshilash orqali elektr yoyli po‘lat eritish pechlarining (EYoP) energiya samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Tahlil shuni ko‘rsatdiki, energiyaning ortiqcha sarflanishiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar – bu fazalar kuchlanishining nosimmetriyasi, garmonikalar mavjudligi va reaktiv quvvatning ortig‘i hisoblanadi. Tadqiqot doirasida texnik yechim sifatida – kuchlanish va reaktiv quvvatni avtomatik tarzda boshqaruvchi maxsus qurilma taklif etildi. Ushbu qurilma fazalar kuchlanishini simmetriyalash, garmonik buzilishlarni kamaytirish va noaniq yuklama sharoitida adaptiv boshqaruvni ta’minlaydi. Qurilma joriy etilishidan oldin va keyin o‘lchangan natijalar fazalar simmetriyasi yaxshilanganini hamda 1 tonna po‘lat eritish uchun sarflanadigan elektr energiyasining 10–12% ga kamayganini ko‘rsatdi, bu esa taklif etilgan yechimning samaradorligini tasdiqlaydi
Kalit so'zlar:
Mualliflar haqida
Adabiyotlar ro'yxati
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 9 февралдаги №99-сон қарори. «Электр энергияси сифат кўрсаткичларини нормалаштириш тўғрисида». – Тошкент: Адлия вазирлиги, 2018. – 8 б.
Ўзбекистон миллий стандарти O’z DSt 3295:2018. Электр энергияси сифати. Умумий техник талаблар. – Тошкент: Ўзстандарт, 2018. – 27 б.
Raxmonov I.U., Xolixmatov B.B., Qorjobova M.F. Metallurgiya sanoatida energiya samaradorligining joriy holati. “Mineral xomashyolarni qazib olish, qayta ishlashning istiqbollari yoshlar nigohida” Respublika ilmiy-texnik anjumani. Olmaliq. 15-may 2024-y. 215-217 b.
Usmanov E., Kholikhmatov B., Rikhsitillaev B., Nimatov K. E3S Web of Conferences 461, 01052 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346101052
Рахмонов И.У., Усманов Э.Г., Холихматов Б.Б. Управление несимметрией в электрических сетях 0,4 кв. Научно-технический журнал «Проблемы энерго-и ресурсосбережения». Выпуск №3. 2023 г. с.115-122.
Рахмонов И.У., Холихматов Б.Б. Роль автоматизaции и контроля несимметрии напряжения в устойчивости процессов сталеплавильных печей. «Бутаковские чтения» III Всероссийской с международным участием молодёжной конференции. Томск, 12–14 декабря 2023 г. с. 46-49.
Rakhmonov I.U., Kholikhmatov B.B. Technical solutions for reducing voltage unsymmetry in the steel melting process. “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, nazariy va amaliy strategiyalar tadqiqi” Respublika ko‘p tarmoqli ilmiy konferensiya. №9, may 2023 y. 48-50 b.
https://worldsteel.org/data/world-steel-in-figures/
https://minenergy.uz/ru/news/view/3621
Сойфер В.М., Кузнецов Л.Н. Дуговые печи в сталелитейном цехе. – М. Металлургия, 1989. – 176 с.

