Bosh sahifa / Maqolalar / 2026 (61) 1 / Maqola
QIShLOQ XOʻJALIGI FANLARI

SUG‘ORISH USULLARI VA MINERAL O‘G‘IT MEYORLARINING KUZGI BUG‘DOY QISHGA CHIDAMLILIGIGA TAʼSIRI

Referat

Ushbu maqolada 2024 – 2025 yillarda olib borilgan dala tajribalari asosida kuzgi bug‘doy yetishtirishda zamonaviy sug‘orish usullari va mineral oziqlantirish me’yorlarining o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi hamda hosildorligiga ta’siri batafsil o‘rganildi. Tadqiqot doirasida yomg‘irlatib sug‘orish va egatlab sug‘orish usullari solishtirilib, CHDNS 75 -80-70, 70-80-70 va 70- 70- 60 sug‘orish rejimlari qo‘llanildi. Shuningdek, N180P 90K60, N150P90K60 va N120P90K60 mineral oziqlantirish me’yorlari sinovdan o‘tkazildi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, yomg‘irlatib sug‘orish usuli yuqori darajadagi mineral oziqlantirish bilan birgalikda qo‘llanilganda o‘simliklarning biometrik ko‘rs atkichlari sezilarli darajada yaxshilanadi. Xususan, umumiy va mahsuldor poyalar soni, o‘simlik bo‘yi, boshoq uzunligi va donlar soni hamda vazni yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Eng samarali natija N180P90K60 me’yori bilan sug‘orilgan variantda kuzatilib, hosildorlik 70 – 75 s/ga gacha yetdi. Egatlab sug‘orish usulida esa o‘simlik rivojlanishi nisbatan sust bo‘lib, biometrik ko‘rsatkichlar va yakuniy hosildorlik pastroq darajada qayd etildi. Tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, kuzgi bug‘doy yetishtirishda intensiv sug‘orish texnologiyalari va optimal mineral oziqlantirish tizimini qo‘llash yuqori va barqaror hosil olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so`zlar

Adabiyotlar

  1. Қосимов А.А. Кузги буғдой агротехникаси. – Тошкент, 2018.
  2. Мирзаев Б.Р. Суғориш тизимларининг дон экинлари ҳосилдорлигига таъсири. – Самарқанд, 2020.
  3. Ekinlarni yetishtirishda yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar. (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi TIMI qoshidagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy- tadqiqot instituti Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari ilmiy -tadqiqot konsalting markazi). Toshkent – 2015.
  4. FAO. Wheat Production and Water Management. – Rome, 2021.
  5. Allen R.G. et al. Crop Evapotranspiration. FAO Irrigation and Drainage Paper 56. – Rome, 1998.
  6. Rajanna GA, Dhindwal AS, Nanwal RK. Irrigation scheduling and crop establishment techniques in cluster bean-wheat sequence under semi-arid conditions of India- A review. Ann. Agric. Res. New Series. 2017;37(4):335-346.
  7. Tari AF. The effects of different deficit irrigation strategies on yield, quality, and water-use efficiencies of wheat under semi-arid conditions. Agric. Water Mgmt. 2016;167:1-10. Available:https://doi.org/10.1016/j.agwat.2015.12.023.
  8. Avlakulovа М.М., Uzaqov G‘. O. Kuzgi yumshoq bugʻdoyning oʻsuv davri davomiyligiga havo harorati va oziqlantirish mе'yorining ta'siri. «Innovasion tеxnologiyalar» No3(47) . Qarshi, 2022.
  9. Avlakulovа М.М., Uzaqov G‘. O. Sugʻorish mе'yori va muddatlarining kuzgi qattiq bugʻdoy navlari oʻsish - rivojlanish fazalariga ta'siri. «Innovasion tеxnologiyalar» No4(48). Qarshi, 2022.
  10. Avlakulovа М.М., Avlakulov М., Uzaqov G‘. O. Kuzgi bug‘doy navlarini yetishtirishda resurtejamkor texnologiyalardan foydalanish samaradorligi. “Iqlim o‘zgarishiga moslashishda ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalaridagi dolzarb muammolar hamda ularning innovatsion yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman materiallar to‘plami.16 -17 may 2025 y. AGRO-ILM Maxsus son 5 [113], 2025