QURILISHDA ENERGIYA TEJAMKOR MATERIALLARNING TAHLILI
Referat
Ushbu maqolada qurilish jarayonlarida energiya tejamkor materiallardan foydalanishning nazariy asoslari, texnologik yondashuvlari hamda amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Energiya sama radorligini oshirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish, binolarning ekspluatatsion xarajatlarini pasaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash bugungi kunda qurilish sohasining eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy energiya tejamkor qurilish materiallarining tarkibi, fizik- mexanik xususiyatlari, issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari, ishlab chiqarish texnologiyasi va ularning qo‘llanish sohasi keng yoritilgan. Shuningdek, issiqlik izolyatsion materiallar, gazobeton, penopolistirol, bazalt paxta, energiya tejamkor g‘ishtlar, kompozit panellar va innovatsion “yengil monolit” texnologiyalarining afzalliklari hamda ularning qurilish iqtisodiyotiga ta’siri o‘rganilgan. Energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha amaliy his ob- kitoblar, energiya samarador devor kesimlarining tavsifi va ularni qo‘llash orqali erishiladigan tejamkorlik darajasi baholangan. Tadqiqot natijalari energiya tejamkor qurilish materiallarini tanlash va loyihalashda, shuningdek, yashil qurilish ("green building") talablari asosida energiya samarador binolar yaratishda muhim metodik asos bo‘lib xizmat qiladi. Ish natijalari qurilish muhandislari, loyihalovchilar, ilmiy tadqiqotchilar va magistrantlar uchun amaliy qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Kalit so`zlar
Adabiyotlar
- Abdullaev, U., Dzhusuev, U., Asanova, S., Matniyazov, Z., & Pavlovskyi, S. (2025). Research into modern methods of producing energy-efficient building materials. AIS-Architecture Image Studies, 6 (1), 126-141.
- Chel, A., & Kaushik, G. (2018). Renewable energy technologies for sustainable development of energy efficient building. Alexandria engineering journal, 57(2), 655-669.
- Khdair, A. I., Aburumman, G. A., Gholipour, S., & Afrand, M. (2025). Up-to-date literature review on zero-carbon buildings and cities: energy innovations, challenges, and prospects. Sustainable Energy Technologies and Assessments, 82, 104505.
- Cornaro, C., & Buratti, C. (2020). Energy efficiency in buildings and innovative materials for building construction. Applied Sciences, 10(8), 2866.
- Genjebaev, T. (2023). THE ENERGY EFFICIENCY OF BUILDINGS IN THE CITY OF NUKUS. Modern Science and Research, 2(10), 437-440.
- Kulmirzayev, J. (2025). INCREASING THE ENERGY EFFICIENCY OF RESIDENTIAL BUILDINGS'EXTERIOR WALLS MADE OF GASO-CONCRETE BLOCKS. International Journal of Artificial Intelligence, 1(4), 256-260.
- Kurbanova, S. (2024). Increasing the innovation potential of construction materials industry enterprises. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(11).
- Matyokubov, B., & Zoyirova, E. (2025). HEAT INSULATION AND ENERGY-SAVING CONSTRUCTION MATERIALS. International Journal of Artificial Intelligence, 1(2), 1378-1383.
- Samigov N.A. “Energiya va resurs tejamkor qurilish materiallari va texnalogiyalar”. O‘quv qo‘llanma. -T.: 2016, 424 bet.
- Сатторов, З., & Отажонов, О. (2023). Issiqlik elektr stansiyasi kullari asosidagi avtoklavlanmaydigan gazkulbeton qorishmasining reologik xossalariga “sdj - 1” superplastifikator kimyoviy qo‘shimchasining ta’siri. Сейсмическая безопасность зданий и сооружений, 1(1), 190 -193.