Bosh sahifa / Maqolalar / 2026 (61) 1 / Maqola
TEXNIKA FANLARI

RUX TEREFTALAT BILAN MODIFIKATSIYALANGAN POLIETILENNING FIZIK-MEXANIK VA TERMIK XOSSALARINI TADQIQ QILISH

Referat

Ushbu tadqiqotda rux tereftalat bilan modifikatsiyalangan polietilenning fizik-mexanik hamda termik xossalari o‘rganildi. Polimer kompozit materiallar ishlab chiqarishda modifikatorlardan foydalanish materiallarning ekspluatatsion xususiyatlarini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi. Tadqiqot jarayonida polietilen tarkibiga 1-15% miqdorda rux tereftalat kiritilib, hosil bo‘lgan kompozit materiallarning cho‘zilishdagi mustahkamligi, deformatsiya darajasi hamda yonuvchanlik xossalari aniqlangan. Mexanik sinovlar AGS-X universal sinov qurilmasida, yonuvchanlik xususiyatlari esa kislorod indeksi usuli asosida GOST 12.1.044-89 hamda ISO 4589-1 standartlari bo‘yicha baholandi. Olingan natijalar modifikatsiyalangan polietilen namunalarida kislorod indeksining ortishi hamda materialning termik barqarorligi yaxshilanganini ko‘rsatdi. Shuningdek, modifikator miqdorining oshishi polimer strukturasida fazalararo o‘zaro ta’sirni kuchaytirib, kompozit materialning mexanik xossalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari rux tereftalat asosidagi modifikatorlar polietilenning ekspluatatsion xossalarini yaxshilashda istiqbolli qo‘shimcha ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so`zlar

Adabiyotlar

  1. Callister W.D., Rethwisch D.G. Materials Science and Engineering: An Introduction. – New York: John Wiley & Sons, 2018. – 960 p.
  2. Fried J.R. Polymer Science and Technology. – New Jersey: Prentice Hall, 2014. – 680 p.
  3. Billmeyer F.W. Textbook of Polymer Science. – New York: John Wiley & Sons, 2017. – 578 p.
  4. Kuleznev V.N., Shershnev V.A. Khimiya i fizika polimerov. – Moskva: Kolos, 2007. – 367 s.
  5. Rabek J.F. Polymer Photodegradation: Mechanisms and Experimental Methods. – London: Springer, 2012. – 573 p.
  6. Bryant R.W. Polymer Processing Principles and Design. – New York: Marcel Dekker, 2013. – 452 p.
  7. Akhmedov S.A., Usmanov Kh.U. Polimer kompozitsion materiallar texnologiyasi. – Toshkent: Fan, 2016. – 296 b.
  8. Kamalov Kh.K., Rasulov A.A. Polimer materiallar kimyosi va texnologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. – 312 b.
  9. GOST 11262 – 80. Plastmassalar. Cho‘zilishdagi mustahkamlikni aniqlash usuli. – Moskva: Standartinform, 1980.
  10. GOST 12.1.044 –89. Yong‘in xavfsizligi. Materiallarning yonuvchanligini aniqlash usullari. – Moskva: Standartinform, 1989.
  11. ISO 4589 – 1:2017. Plastics – Determination of burning behavior by oxygen index. – Geneva: International Organization for Standardization, 2017.
  12. Brydson J.A. Plastics Materials. – Oxford: Butterworth-Heinemann, 2016. – 920 p.